SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
Osiyo tadqiqodchisi Potanin Grigoriy tavallud topgan kun
1835-09-22

Osiyo tadqiqodchisi Potanin Grigoriy

Potanin Grigoriy Nikolayevich [1835.22.9 (4.10), Pavlodar yaqinidagi Yamishevo posyolkasi — 1920.30.6. Tomsk] — rus sayyohi, etnografi, fol’klorshunosi; Sibir’ va Markaziy Osiyo tadqiqotchisi. 1863—64 yillarda Rossiya Geografiya jamiyati tomonidan rus astronomi K.V.Struve rahbarligida Zaysan ko’li va Tarbag’atay tog’ tizmasiga uyushtirilgan ekspeditsiyada ishtirok etgan. 1876-77 va 1979-80 yillarda Mongoliyaning shimoliy-g’arbiy qismiga va Tuvaga, 1884—86 va 1892—93 yillarda Xitoyning shimoliga, Tibetning sharqiga va Mongoliyaning markaziga va 1899 yilda Katta Xingan tog’lariga ekspeditsiya qilgan. Bu ekspeditsiyalar natijasida o’sha paytgacha yaxshi o’rganilmagan Markaziy Osiyo to’g’risida keng geografik va etnografik ma'lumotlar olingan, katta gerbariy va zoologik kolleksiyalar tuplagan. Potaninning, ayniqsa, Sibir’ va Markaziy Osiyodagi turkiy va mongol xalqlariniig hamda tangut, xitoy, dunganlarning madaniyati, urf-odati va san'ati haqida yiqqan materiallari qimmatlidir. Potanin Markaziy Osiyo xalqlarining eposi o’rta asr Yevropasining fol’klori va adabiyotiga katta ta'sir ko’rsatganligini ilmiy asoslab bergan. Nan’shan’ tizmalaridan biri va Oltoy tog’laridagi muzlik Potanin nomiga qo’yilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan