SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O’zbekiston xalq artisti Bekajon Rahimova tavallud topgan kun
1923-10-31

O’zbekiston xalq artisti Bekajon Rahimova

Rahimova Bekajon (1923.31.10 -Xiva — 1997.2.4, Urganch) — aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1991). 1936—38 yillar «Bolalar teatri»da, 1938—55 yillar Xiva xalq teatrida, 1955—90 yillar Ogahiy nomidagi teatrda faoliyat ko’rsatgan. O’z ijodi davomida bir qancha spektakllarda turli rollar ijro etgan: Maysara («Maysaraning ishi»). Durjon kampir («Paranji sirlari»), Yosuman («Farhod va Shirin»), Feokla Ivanovna («Uylanish»), Xoji ona («Boy ila xizmatchi»), Zebo («Arshin mol olon»), Jannat xola («Qaynona»), Margo («Ko’ngli yosh qariyalar»), Xodima («Olma pishganda keling») va boshqalar «Xiva vaqti bilan soat 700 da» fil’midagi kampir roli bilan keng ommaga tanildi («Boboyjonim» dueti). Shuningdek, hazil qo’shiqlar, xalq laparlarini qiyomiga yetkazib kuylab, raqsga tushgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan