SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Taniqli shoira Halima Ahmedova tavallud topgan kun
1960-10-01

Halima Ahmedova 1960 yil 1 oktyabrda Buxoro viloyati (Hozirgi Navoiy viloyati)ning Qiziltepa tumani Po’loti qishlog’ida tug’ilgan. 1978 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning filologiya fakul`tetiga kirgan 1983 yili oliygohni tamomlab, Navoiy viloyatidagi pedagogika bilim yurtida ishlagan.

1984-1985 yillari viloyatning “Do’stlik bayrog’i” gazetasi xizmat qilgan. 1986-1988 yillari G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan. 1988-1990 yillari Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 1990-1991 yillari O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot jamg’armasida, 1994-1998 yillari “Tong yulduzi” gazetasida ishlagan. 1998 yildan O’zbekiston radiosida muharrir vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shoira 1987 yildan buyon O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Shoiraning ilk kitobi 1986 yili “Ko’zimning tili” nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik 1987 yili “Tungi marvaridgullar”, 1996 yili “Erk darchasi”. 2005 yili “Tiyramoh”, 2007 yili “Afsun”, 2008 yili “Umid soyasi”, 2011 yili “Nigoh qiblasi”, 2012 yili “Shafaq ibodati”, “Esuman gulining soyasi” (2013) singari kitoblari nashr etilgan.

Halima Ahmedova Londonda o’tkazilgan “Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyoti festivali”ning “Adabiy asar” nominatsiyasidagi mukofotiga sazovor bo’lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan