SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Rus sarkardasi Aleksandr Suvorov Vasilevich tavallud topgan kun
1729-11-13

Suvorov Aleksandr Vasilevich 1729 yil 13 noyabrda Moskvada dvoryan oilasida tug'ilgan. Rus sarkardasi, generalissimus (1799). Otasi-Vasiliy Ivanovich (1705-75) general, senator va general-gubernator bo'lgan. Harbiy xizmatni kaprallikdan boshlagan (1748). 1774 yil avgustda u E.I.Pugachev boshchiligidagi qo'zg'olonni bostirish uchun Uralga yuborilgan. Etti yillik urush qatnashchisi, rus-turk urushlar (1768-74 va 1787-91) da bir necha g'alabaga erishgan va Izmail qal'asini qattiq hujum bilan egallagan (1790). Polsha qo'zg'oloni (1794) ni bostirgan qo'shinlarga qo'mondonlik qilgan. Pavel I armiyada Suvorov nazariyasiga zid bo'lgan pruss harbiy ustavlari, formasi va tartibi joriy qilingan. 1797 yil Suvorov iste'foga chiqailgan. 1798 yil Rossiya fransuzlarga qarshi ittifoqqa qo'shiladi. Avstriya hukumati Pavel I oldiga Suvorovni Italiyadagi ittifoqchi qo'shinlarga bosh qo'mondon qilib tayinlash masalasini qo'yadi. Pavel I noiloj rozi bo'ladi. 1799 yilda Adda va Trebbiya daryolari bo'yida va Novi Shahri yaqinida fransuz qo'shinlarini tor-mor keltirib, Italiya va Shveysariyaga qilingan harbiy yurishlarni muvaffaqiyat bilan yakunlagan, so'ngra Shvysariya Alpidan oshib o'tib, qurshovdan chiqib ketgan. Suvorov “Polk tuzish”, “G'alaba ilmi” kabi harbiy-nazariy asarlar muallifi. Urush olib borish. Jang qilish usullari, qo'shinni tarbiyalash va o'qitish masalalari haqida o'z davriga nisbatan ancha original va ilg'or fikrlar sistemasini yaratdi. Suvorov strategiyasi hujumkor xarakterda bo'lib, dushmanni jang maydonida butunlay tor-mor qilishni asosiy maqsad qilib qo'ygan. Kolonnalar va yoyiq saf taktikasini rivojlantirgan, aqidaparastlik va eskilikka qarshi kurashgan. Sobiq Sovet ittifoqida 1942 yil 29 iyulda Suvorov ordeni ta'sis etilgan va 1943 yil 21 avgustda Suvorov bilim yurtlari tashkil etilgan.Moskva , Sankt-Peterburg, Ochakov, Izmail, Kiev va boshqa shaharlarda muzeylar ochilgan va haykallari o'rnatilgan. Bir qancha aholi punktlari Suvorov nomi bilan atalgan.Suvorov 1800 yil 6 mayda Peterburgda vafot etgan. (O'zME. 8.T)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan