SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Xalqaro ko'zi ojizlar kuni
1745-11-13

13 noyabr 1745 yilda Fransiyada Valentin Gayui dunyoga keldi. Pedagog, Parij va Peterburgda ko'zi ojizlar uchun bir qancha maktab va korxonalar ochgan. Butun dunyo Sog'liqni saqlash tashkilotining qaroriga muvofiq aynan shu sana "Xalqaro ko'zi ojizlar kuni" deb tayinlandi. Valentin Gayui birinchi bo'lib o'zi o'ylab topgan shrift yordamida ko'zi ojizlarrni o'qitish usulini namoyish qildi. 1784 yil Parijda hokimiyatning hech qanday yordamisiz, o'zining jamg'armasi hisobidan o'z uyida ko'zi ojiz bolalar uchun dunyoda birinchi marta “Mehnatkash ko'zo ojizlar ustaxonasi” nomli maktab ochdi. Valentin Gayuining birinchi o'quvchisi Fransua de Lezyuer tanlab olindi. Keyin yana uning 11 ta qarovsiz tengdoshlari maktabga qabul qilindi. Valentin Gayui ko'zi ojiz bolalarni o'qitish va tarbiyalashni ilmiy asosini yaratib berdi. U bo'rtma-chiziqli shrift-“unisial”ni ishlab chiqdi. Bu shriftning nomi lotincha so'zdan olingan bo'lib, ular qalin qog'ozga sitib, bo'rtib yozilgan yirik, teng harflardir. “Unisial”ning e'tiborli jihati shundaki, bu shrift yordamida ko'zi ojiz bolalarni o'qitishga o'rgatish va ular uchun kitoblar nashr qilish mumkin. Shrift suriladigan edi, bu esa ko'r bolalarga kerakli tekstni tayyorlashga yordam berardi. Moddiy qiyingarchilikka qaramay Valentin Gayui maktab ichida tipografiya ochdi va bir nechta bo'rtma-chiziqli shrift-“unisial”li kitoblar nashr ettirdi. Bular ko'zi ojizlar uchun ishlab chiqilgan birinchi kitoblar edi. 1829 yilda fransuz Lui Brayl-Parij milliy institutining o'quvchisi ko'zi ojiz bolalar uchun sistema-bo'rtma-nuqtali shrift ishlab chiqdi. Bu sistema hamma mamlakatlarda ommalashib ketdi. Valentin Gayui 1803 yil Rossiya imperatori AleksandrI dan Sankt-Peterburgda ko'zi ojizlar uchun o'quv-tarbiyaviy muassasa ochish taklifini oladi. 1807 yil Aleksandr I Sankt-Peterburg instituti ko'zi ojiz ishchilarining Ustavi, shtatlari va byudjetini tasdiqladi. Bugungi kunda dunyoda taxminan 124 mln ko'zi ojiz odamlar bor. Butun dunyo Sog'liqni saqlash tashkilotining hisobiga ko'ra 2020 yili bu son ikki barobar ko'payishi mumkin. Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida "Xalqaro ko'zi ojizlar kuni"da ko'plab tadbirlar o'tkaziladi. Ommani diqqatini ko'rish qobiliyatini yo'qotgan, yaxshi ko'rmaydigan insonlarga qaratish, hayotda o'z o'rinlarini topishlariga sharoit yaratib berish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta'minlash-bular tadbirning asosiy maqsadi hisoblanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan