SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Shoir Usmon Nosir tavallud topgan kun
1912-11-13

Usmon Nosir (taxallusi; asl ism-sharifi Usmon  Nosirov) 1912 yil 13 noyabrda Namanganda tug'ilgan. Shoir kambag'al hunarmand oilasida tug'ilgan. 4 yoshida otasidan etim qolib, dastlab tog'asi qo'lida tarbiyalangan. 1921 yilda o'gay otasi bilan birga Qo'qonga ko'chib borgan. Shu yerdagi “Yangi hayot” va ikkinchi bosqich maktablari (1921-29) da o'qigan. So'ngra Moskvadagi Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida 1 yil tahsil ko'rgan(1929-1930). O'qishni davom ettirmay, Qo'qondagi qisqa muddatli ta'lim va tarbiya kurslarida o'qituvchi, ilmiy bo'lim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh bo'lib ishlagan.(1930-1933). Samarqanddagi pedagogika akademiya (hozirgi SAMDU) ning til va adabiyot fakultetida bir muncha muddat tahsil olishda davom etgan. (1933-1934). Keyin Toshkentga ko'chib kelib, “Yosh Leninchi” gazetasida ishlagan (1934) va erkin ijod bilan mashg'ul bo'lgan. “Xaqiqat qalami” ilk she'ri 1927 yil “Yangi yo'l” gazeyasida, fuqarolar urushi mavzuiga bag'ishlangan “Norbo'ta” nomli birinchi dostoni 1931 yil "Yangi Farg'ona” gazetasida, ”Quyosh bilan suhbat” va “Safarbar satrlar” dastlabki she'riy to'plamlari esa 1932 yilda e'lon qilingan. Shundan keyin  Usmon Nosirning ”Naxshon” (1934) dostoni, “Traktorobod” (1934), “Yurak” (1935) va “Mehrim” (1936) she'riy kitoblari nashr etilgan. Usmon Nosir 30-yillarning boshlarida o'zbek she'riyatiga chaqmoq o'laroq kirib keldi. U ijodining dastlabki kezlaridanoq hayotda ro'y berayotgan muhim voqea va hodisalarni lirik qahramonning hissiyot va kechinmalari orqali ifodalashga, yangi tarixiy davr qahramonini topishga intildi. ”Tojixon”, “Isroil” kabi she'rlarida yangi davr qahramoni obrazini mahorat bilan yaratdi Usmon Nosir qisqa muddat ichida she'riyat san'atini mukammal egallab, go'zal lirik she'rlar yoza boshladi. Usmon Nosirning “Monolog”, “Yurak”, “Yana she'rimga”, “Nil va Rim” singari she'rlari nafaqat uning, balki shu davr o'zbek she'riyatining eng yuksak namunalaridan bo'ldi. “Naxshon” dostoni esa shoirning liro-epik janrlarda ham badiiy yuksak asarlar yaratishi mumkinligini namoyish etdi. Usmon Nosir qisqa ijodiy umri davomida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, “Zafar” (1929), “Nazirjon Xalilov” (1930), “Dushman” (1931), “So'nggi kun” (1932) singari sahna asarlarini yozgan va bu asarlar Qo'qon shahar teatrida sahnallashtirilgan. Shoirning “Atlas” (1935) pyesasi o'z vaqtida havaskorlar teatri sahnasida qo'yilgan. Usmon Nosir ijodida tarjima, ayniqsa, muhim o'rinni egallaydi. A.S. Pushkinning “Boqchasaroy fontani” va M.Yu. Lermontovning “Demon” dostonlarini mohirlik bilan o'zbek tiliga tarjima qildi. 1937 yil boshlarida V. Kirshonning ”Ulug' yo'l” dramasi Usmon Nosir tarjimasida Hamza teatrida sahnaga qo'yilgan. Usmon Nosir 1937 yil 13 iyulda “halq dushmani” sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, so'ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqhonalarga yuborilgan va o'sha erda vafot etgan. Toshkent shahridagi Forobiy qabristonida va Kemerovo viloyati Suslovo qishlog'idagi mahbuslar qabristonida uning xotirasiga ramziy sag'ana barpo etilgan. Namangan, Qo'qon va Toshkentdagi bir necha ko'cha, maktab, texnikum va jamoa xo'jaliklariga Usmon Nosir nomi berilgan. Usmon Nosir 1944yil Namangan shahrida 9 martda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan