Arab yozuvchisi Husayn Taxa tavallud topgan kun
1889-11-14
Husayn Taxa 1889 yil 14 noyabrda Yuqori Misr, Magaga shahri yaqinidagi Kilu qishlog'ida tug'ilgan. Arab yozuvchisi, adabiyotshunos va tarixchi (Misr). Arab adabiyotida tanqidiy realizm asoschilaridan. Qohiradagi Arab tili akademiyasi prezidenti (1965 yildan).To'rt yoshida ko'r bo'lib qolgan. Arab shoiri va faylasufi Abul-A'lo al-Maariy (973-1057) ijodidan doktorlik dissertasiyasi yoqlagan, professor (1919). 1932 yili “Vafd” partiyasiga a'zo bo'lgan. Iskandariya universiteti rektori (1943-46), Maorif ministiri (1950-52). 1956 yildan Misr Yozuvchilar ittifoqi raisi. Asarlarida xalqning ijtimoiy tenglik uchun kurashi, eski urf-odatlar tanqidi, davlat hokimiyatining mustahkamlana borishi kabi masalalar o'z ifodasini topgan (“Kunlar” 1t., 1929; 2-t., 1939; 3-t., 1972; “Kaklik nidosi”, 1934; “Adib”, 1935; “Baxtsizlik daraxti”, 1944; “Er zaxmatkashlari”, 1948 va boshqalar). Husayn Taxa adabiyotshunoslikka oid “Poeza va proza haqida suhbatlar” (1936), “Hozirgi zamon adabiyotimizdan” (1958) kabi asarlar ham yaratgan. 1967 yil uning memuarlari chiqdi. Misr Davlat mukofoti (1959) va “Nilufar”jurnali mukofoti (1971) laureati
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Shimoli va markaziy Arabiston hududidagi qadimgi davlatlar YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan? Qadimgi arab allomalari nimalarni kashf qilgan?