SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Kimyogar olim Obid Sodiqov tavallud topgan kun
1913-11-15

Obid Sodiqov Sodiqovich 1913 yil 15 noyabrda Toshkentda tug'ilgan. Kimyogar olim, jamoat arbobi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1947). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi (1960). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). O'rta Osiyo universitetini tugatgan (1937), shu universitetda dosent (1942-46), O'simlik moddalari (keyinchalik tabiiy birikmalar) kimyosi kafedrasida mudir (1946-74), ilmiy rahbar (1974 yildan).O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo instituti direktori (1946-50). O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a'zosi (1947-57). ToshDU rektori (1958-66). O'zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti (1966-84). O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori (1977-87). Asosiy ilmiy ishlari organik va bioorganik kimyoga oid. Sdiqov O'rta Osiyodagi o'simliklarni tekshirib, 110dan ortiq dipiridil, xinolizidin, izxinolin qatori alkaloidlarni ajratib oldi, ularning tuzilishi, konfarmasion holati va biogenetik o'zgarishlarini aniqladi. Sodiqov rahbarligida g'o'za bargi, chigiti, qobig'i, guli va g'o'zapoyadan uglevodorodlar, yuqori molekulyar spirtlar, kislotalar, sterinlar, triterpenlar, flavnoidlar, polifenollar, gossipol va uning yo'ldoshlari, uglevodlar, shuningdek, A.E.R.G' kabi vitaminlar ajratib olindi; ko'pgina preparatlar sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yildi. Sodiqov tashkil qilgan maktabda g'o'zani vilt bilan kasallanishini himoya qilishning kimyoviy va biologik usullari ishlab chiqildi; muhim yo'nalish-vilt qo'zg'atuvchi toksinlar kimyosi va biokimyosi sohasida tadqiqotlar o'tkazildi. G'o'za bargidan limon va olma kislotasi ajratib olishning sanoat usuli ishlab chiqildi (1956), shakar ishlab chiqarish chiqindisi (patika)dan mikrobiologiya usuli bilan itokon kislota olindi, dorivor moddalar, biostimulyatorlar sintez qilindi, hayot uchun muhim bo'lgan fiziologik faol tabiiy birikmalar va ularning sintetik analoglari tuzilishi bilan organizmdagi funksiyasi o'rtasidagi bog'lanish chuqur o'rganildi, eukariotlar to'qimalari genomining kooperativ aktivasion modeli taklif etildi. Sodiqov darslik (“Organik kimyo”, hamkorlikda, T., 1971; “Organik ximiyadan praktikum”, hamkorlikda, T., 1973), o'quv qo'llanmalari, ilmiy va ommapop kitoblar mualifi, ilm-fan tashkilotchisi. Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). O'zbekiston   Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutiga O.S.Sodiqov nomi berilgan (1988). Toshkentdagi 249-maktab, Olmazor tumanidagi mahall Uchtepa tumanidagi ko'chalardan biri ham Sodiqov nomi bilan ataladi. Sodiqov 1987 yil 22 iyunda vafot etdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan