1924 yil 25 yanvarda Olimpiya o‘yinlarida Kyorling bo‘yicha musobaqalar namoyish etildi.
1924-01-25

1924 yil 25 yanvarda Olimpiya o‘yinlarida Kyorling bo‘yicha musobaqalar namoyish etildi.
1924 yil 25 yanvarda Olimpiya o‘yinlarida Kyorling bo‘yicha musobaqalar namoyish etildi. Muz bilyardimi?, muz pokeri yoki muz shaxmatimi? Bu sport turini “muz bilyardi”, ”muz pokeri” va “muz shaxmati” deb atashadi.
Kyorling qiziqarli jamoaviy sport o‘yini hisoblanadi va u eni 4,5-5 metr, uzunligi 44-45 metrli to‘g‘ri to‘rtburchak muz maydonida o‘tkaziladi. Ikki jamoa qatnashchilari (har birida 4 kishidan) ketma-ketlikda muz ustida og‘ir granit toshini muzda belgilangan nishon tarafga qaratib, harakatni maxsus cho‘tka orqali yo‘naltirgan holda qo‘yib yuborishadi. Bunday antiq sport turi Shotlandiyada 16-asrda dunyoga kelgan: aynan shu yerda ko‘l sohilida 1511 yil sanasi bilan ishlab chiqarilgan kyorling uchun mo‘ljallangan aslaha topilgan. Bu o‘yin monastir kitoblarida ham qayd qilingan, 1541 yildagi tarixiy sana va shotland Peysli abbatligida saqlanib qolingan. O‘z vaqtida shotlaniyaliklar kyorling o‘yinini “Shaqildoq toshlar” deb atashgan. Kyorling ”curling” so‘zining o‘zi tadqiqotchilarning fikri bo‘yicha, shotlondlarning “curr”, “o‘kirmoq”, “guvillamoq “ ,”gumburlamoq” so‘zlarini anglatar edi. Buday nomlanishi tabiiy, chunki kyorling toshining notekis muz ustida sirpanib o‘kirish, gumburlaganga o‘xshash ovoz chiqaradi. Kyorling o‘yinining asosiy qoidalari 19 - asrning birinchi yarmida tasdiqlangan ( ular hozir ham o‘zgarmagan). Olimpiada tomoshabinlari esa bu sport turi to‘g‘risida birinchi marta 1924 yil eshitishdi – o‘sha paytda qishki O‘yinlarda kyorling bo‘yicha musobaqalar tantanali tarzda o‘tkazildi. 1998 yilda Niganoda kyorling rasman olimpia o‘yinlari qatoriga kirgan: birinchi oltin medalni Shveysariyaning erkaklar jamoasi va Kanadaning ayollar jamoasi qo‘lga kiritgan. Ammo 2006 yil fevralda Halqaro Olimpia Qo‘mitasi tarixni qayta ko‘rib, qaror qabul qildi, 1924 yildagi kyorling bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqani ham butkul olimpia o‘yinlarining muhim hodisasi deb hisoblash mumkin. Shunga ko‘ra bu sport turida birinchi olimpia sovrindorlari ham almashdi: 1924 yilda oltin medalni Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoalari qo‘lga kiritgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechib, yiliga 200 ta kitob o’qish mumkin ! 1929-193- yillarda Fransiya Toshkent shahrining 2200 yilligi 1918 – 1939 yillarda Hindiston “Tovuq muchali yilida” tug’ilganlar “Maymun muchali” yilida tug'ilganlar “Qo'y muchali” yilida tug'ilganlar “Ot muchali” yilida tug'ilganlar “Ilon muchal” yilida tug'ilganlar