SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Dunyoda birinchi bor golf bo‘yicha ayollar terma jamoasi turniri bo‘lib o‘tgan kun
1811-01-09

1811 yil 9 yanvarda Masselburg baliqchilar shaharchasida tarixda birinchi bor dunyoda  golf bo‘yicha ayollar terma jamoasi turniri  bo‘lib o‘tgan. Fert-of-Fort ko‘rfazi qirg‘og‘i yaqinida , Edinburgdan 10 kilometr nariroqdagi Shotlandiyaning Masselburg baliqchilar shaharchasida tarixda birinchi bor dunyoda  golf bo‘yicha ayollar terma jamoasi turniri  bo‘lib o‘tgan.Maxalliy baliqchilarning rafiqalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro mukofotlar: baliq uchun maxsus to‘qilgan savat, ayollar shlyapasi va Barselonadan keltirilgan 2 ta bo‘yin ro‘moli uchun kurashishgan. Bunday yutuqlar  kimlarga nasib etgani haqida tarixda ma’lumot kam, ammo o‘sha davrning mashhur golfchisi Aleksandr Karlayl aytishicha, Masselburg ayollari “erkaklar ishi”ni yaxshi eplab  “ juda mahoratli  o‘ynashardi” deb aytgan edi. Musobaqa 1567 yili qirolicha Mariya Styuart o‘ynagan eski golf uchun mo‘ljallangan dalada bo‘lib o‘tar edi. Qirolichaning dugonasi va oqsochi hisoblangan  Meri Siton xonim ishtirok etgan musobaqada qirolicha yutkazib qo‘ygan va sovg‘a sifatida g‘olibga marjon shodasini taqdim etgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan