SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Toshkent shahrida “Vatanga qasamyod” haykali ochilgan kun
2010-01-12

2010 yil 12 yanvar – Toshkent shahrida “Vatanga qasamyod” haykali ochildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi va g‘oyasi asosida bunyod etilgan va 2010 yil 12 yanvarda poytaxtimizda ochilgan “Vatanga qasamyod” monumenti o‘zida chuqur hayotiy falsafani, teran ma’no-mazmunni ifoda etadi. Bu majmuada azamat o‘g‘lon davlatimiz timsoli – bayrog‘imizni o‘pib, Vatan himoyasi uchun, qutlug‘ zaminning har qarich tuprog‘ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilayotgani ifoda etilgan. Ona Vatan timsoli – mo‘tabar ona harbiy xizmatga otlangan aziz farzandiga fotiha berib, oq yo‘l tilamoqda. Ushbu haykal siymosida Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ming-minglab shijoatli yoshlarimizning yuksak orzu-intilishlari o‘z aksini topgan. Ayni paytda “Vatanga qasamyod” haykali oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonida, xususan, kursantlarning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini yuksaltirishda o‘ziga xos monumental darslikdir.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan