
Xalqaro mehnat tashkiloti (International Labour Organization, ILO, russk. MOT) xalqaro tashkilotlar e'tiborini dunyo miqiyosida keng ko’lamli muammolarga qaratish, mehnat muxofaza madniyatini yaratilishi va taraqqiyoti ish o’rinlarida o’limlikni kamaytirilishi maqsadida 28 aprel kunini mehnat muhofazasi kuni (World Day for Safety and Health at Work) deb e’lon qildi. Ilk bora bu kun 2003 yili nishonlandi. Butun jahon mehnat muhofazasi kuni amerika va kanada mehnatkashlari tomonidan 1989 yilda ish joylarida jabrlangan, xalok bo’lgan ishchilarga bag’ishlangan. Bugungi kunda yuzlab mamlakatlarda jamoat e'tiborini mehnat muhofazasida yechimini topmagan muammolarga qaratish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu tadbirlar mahalliy xokimiyat, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar, mehnat muhofazasi mutaxassislari tomonidan o’tkazilmoqda. Mehnat muhofazasi tashkiloti xisobicha, dunyoda baxtsiz xodisada va kasalliklar tufayli korxonalarda o’rtacha xar kuni 5000, yil mobaynida 2-2,5 million kishi vafot etadi. Shulardan, 350 mingtasi o’lim bilan tugaydigan bahtsiz xodisa, 1.7 -2 millionta o’lim ish bilan bog’langan kasalliklar tufayli sodir bo’ladi. Xar yili o’tkaziladigan Butun jahon mehnatni muhofazasi kuni bir muammoga bag’ishlanib, bir shior ostida o’tkaziladi: 2013 yili “Kasb kasalliklarni oldini olish”, 2014 yilda esa “Kimyoviy moddalardan foydalanilayotgan ish joylarida mehnat muhofazasi” deb nomlangan.