SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Ingliz qiroli Karl I "Huquqlar haqidagi Petitsiya"ni tasdiqlagan kun
1628-06-07

1628 yil may oxirida ingliz parlamenti qirol  Karl I ga  fuqarolarining  kadimgi huquqlari va ozodliklarini  tasdiqlovchi  hujjat -"Huquqlar haqidagi Petitsiya" nomli qonun loyihasini taqdim etdi. Unda fuqarolarning  o‘rta asrlar boshlarida o‘rnatilgan  huquqlari va erkinliklarining  yakkka hokimlik tarafidan  ko‘p marotaba buzishlariga qarshi  qat'iy norozilik bildirilgan. Yakka hokimlik  o‘zboshimchaliklarining ko‘rinishlari:  aholidan majburiy  pul qarzlar olish,  sudsiz va tergovsiz qamash,  harbiy jazo sudlari tashkil etish va harbiylarning noqonuniy  ravishda  aholining qaramog‘ida turishi. Qirolning parlamentdagi tahdidli nutqiga  qaramay, o‘rta va mayda yer egalarining  hamda boy  shaharliklarning manfaatlarini yoqlovchi jamoalar palatasi, qirol  irodasiga ko‘ra poymol qilingan millatlar huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi  masalani qo‘ydi. Parlament  yangi kiritilmalarga  erishmoqchi emasdi. Keyinchalik hech kim bu huquq va ozodliklarga dahl qilmasligi uchun u millatning eski huquqlarini faqat qirol tasdiqlashini hohlar edi. Qirol petitsiya  muhokamasiga halaqit berishga  urindi va  parlamentni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. U hatto qadimgi qaror intizomini kelgusida buzmaslikka va'da berdi,  biroq,  odamlarni sudsiz qamash huquqidan voz kechmadi.  Shularga qaramay, arznoma  ma'qullandi: jamoalar palatasi va  hatto qirol yaqinlarining vakillari bo‘lgan lordlar palatasi  tomonidan ham Fransiya  bilan urush uchun mablag’ga muhtoj bo‘lib turganligi va palatalar jamoasi  Petitsiya tasdiqlanmaguncha flotini qurollash uchun pul ajratishni rad etganligi  qirolni chekinishga majbur qildi. 1628 yili 7 iyunda qirol "Huquqlar haqidagi Petitsiya"ni tasdiqladi va u  qonun bo‘ldi.  Hujjat matnini  xalq orasida tarqatish uchun g‘oyat kata tirajda bosmadan chiqarildi. Angliyada ommaviy  hursandchilik  boshlandi. Shundagina  jamoalar  palatasi qirolga harbiy extiyoj  uchun moddiy yordam ajratildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan