SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Rus sharqshunosi Platon Melioranskiy Mixaylovich tavallud topgan kun
1868-11-18

Platon Melioranskiy  Mixaylovich 1868 yil 18 noyabrda Sankt Peterburg shahrida tug'ilgan. Rus sharqshunosi, turkiyshunos va mo'g'ulshunos. Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetida tahsil olgan (1887-1891); arab, fors, mo'g'ul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894-1906 yilarda Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetida privat-dotsent, professor Melioranskiyning 2 qismdan iborat “Qozoq-qirg'iz tilining qisqacha grammatikasi” (1894-1897) asari bor. “Kosho-Soydamdagi qadimiy turkiy yodgorliklar” (V. V. Radlov bilan hamkorlikda, 1897) kitobini nashr etib, turkiy-runik yodgorliklarni o'rganish ishiga asos solgan. Melioranskiyning ilmiy izlanishlari orasida rus tilidagi turkiy tillarga mansub unsurlarni qidirib topish va izohlashga bag'ishlangan tadqiqotlar alohida o'rin egallaydi (“Igor jangnomasi” tilidagi turkiy elementlar”, 1902; “Igor jangnomasi” tilidagi turkiy elementlar haqida”, 1905 va b.). U Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonini, Rabg'uziyning “Qisas ulanbiyo” asaridan parchalarni va boshqa turkiy yozma yodgorliklarni nashr ettirgan. Melioranskiy 1906 yil 16 mayda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan