
1869 yili 8 iyunda Amerikalik ixtirochi Ayvz Makgaffni dunyoda birinchi "Whirlwind" ("qo‘llarda ushlamoq va yo‘llantirmoq") deb nomlangan changyutgichni patentladi. Uning yuqori qismida tasmali uzatma bilan ventilyatorga bog‘langan ushlagichi bor edi. Ushlagich qo‘l bilan harakatga keltirilardi. Changyutgich yengil va ixcham bo‘lib, lekin ishlatishda bir vaqtning o‘zida ushlagichni aylantirish va pol bo‘ylab itarish zarur bo‘lganligi uchun nokulaylik tug‘dirardi. Makgaffni Bostonda " American Carpet Cleaning Company " shirkatini ochdi va changyutgichlarini bir donasini 25 dollardan sota boshladi (u paytlarda bu kata pul edi, chunki o‘sha vaqtda 1 Amerika dollari 23 gramm kumushni tashkil etardi). Makgaffning aksariyat changyutgichlari Chikago va Bostonda sotilgan. Biroq ularning bir qismi, ehtimol, katta Chikago yong‘inida yonib ketgan . “Whirlwind”ning faqat ikki donasigina bizning kunlarga qadar saqlanib qolgan, ulardan biri "Noover ".kompaniyasining tarixiy markazida turadi. Makgaffni izidan boshqa ixtirochilar ham mehanik changyutgich ishlab chiqarib sota boshladilar. 20 asr boshida “Hoover” kompaniyasi changni yig‘ib oladigan moslamali elektrchangyutgich ishlab chiqardi. Uning birinchi andozasi "Model O" narxi 60 dollar bo‘lib xaridorlarning talabi katta bo‘lgan. 1920-30-x yillarda changyutgich ommalashib ketishi bilan birga uy bekalarining chang bilan birga mikroblardan ham halos bo‘layotganligiga ishonch hosil qilishgan. Bu to‘g‘risida 1926 yilda Electrician jurnali shunday yozgan edi. "Chang yutgichni universal g‘oyasi shunchaki xonalarni tozalashdan iborat bo‘lmasdan, uy bekasi changyutgich bilan birga o‘zining oilaviy sog‘lig‘ini himoya qilish andozasini qabul qildi. "Ko‘p yillar mobaynida changyutgich kimmatbaxo narsa bo‘lib hisoblangan, lekin ikkinchi jahon urushidan keyin ular o‘rtahol sinf orasida ham tarqaldi. Bugun kelib changyutgich har bir xonadonda bor.