SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
AQSHda sharikli ruchka patentlangan va ommaviy ishlab chiqarish boshlangan kun
1943-06-10

Sharikli ruchka ixtiro qilinishi rasmiy ravishda  XIX asr oxiri hisoblanadi,  Venger jurnalisti Laslo Biro esa hozirgi zamonaviy sharik ruchkasiga o‘xshash ruchkani 1938 yilda ixtiro etdi. Unga oddiy pero bilan ko‘p yozishga  to‘g‘ri kelardi, shuningdek siyoxdon talab qilingan  va ishlatilganda siyox dog‘ qoldirganligi tufayli,  u "tashvishsiz" ruchka  yaratishga kirishdi. Ixtiro serdaromaddek tuyuldi. Deyarli darhol Sharikli ruchka ishlab chiqarish  patentini  Buyuk Britaniyaning Xarbiy xavo xizmati  o‘zining uchuvchilari uchun  sotib oldi. Ularga parvoz paytida peroli ruchka ishlatish g‘oyat noqulay bo‘lgan edi. Biroq ko‘p o‘tmay u   Argentinada,  o‘zining  patentini qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi  va katta foyda bilan uni 1 mln.dollarga "Eversharp" kompaniyasiga  sotdi. Argentina kompaniyasi  dunyoda birinchi sharikli ruchkalar   ishlab chiqarishni yulga ko‘ydi. . Mamlakat ichida savdo juda yaxshi ketayotgan edi: yangi asbobning  arzonligi va omilkorligi  ko‘pdan-ko‘p xaridorlarni jalb qildi . Biroq, "Eversharp"  dunyo bozorini  egallashni  o‘ylaganda patent sistemasidagi kamchiliklar tufayli  katta ko‘ngilsizlik  sodir bo‘ldi. Ruchka  faqat  Vengriyada va  Argentinada muallif tomonidan patentlangan edi. G‘oya o‘g‘irligi(plagiat)ga ruxsat bermaslik  uchun, dunyoning  barcha mamlakatlarida unga ixtiro uchun  patent olish kerak edi. Modomiki bu xaqiqatda bajarib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lgani uchun, sharikli ruchkalar g‘oyasini “Biro” va "Eversharp"dan o‘g‘irlashdi. 1943 yili 10 iyunda hozirjavob  Amerikalik  kommivoyajer(shaharma shahar buyurtma to‘lovchi vakil) Milton Reynolds  shunday ruchkani  AQSHda patentladi va uni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. Ruchkalar juda katta mikdorda sotila boshladi. Faqat bir kunda bittada Nyu-york do‘konida 10 ming. dona sotilgan edi!  Ixtiro muallifi patentga o‘zining huquqini  amerika sudida himoya qilmoqchi bo‘ldi, lekin yutqazdi.  1958 yilda  fransiyalik  Marsel  Bik  sharikli  ruchkani bir oz yangiladi  va ishlab chiqarishda  eng arzon   BIC nomli  andozani yaratdi. Hozirda  "BIC Corporation"  AQSHda sharikli  ruchkani  savdo-sotiq  bozorini  uchdan  birini   nazorat qiladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan