SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Hind yozuvchisi Krishan Chandar tavallud topgan kun
1913-11-19

Krishan Chandar 1913 yil 19 noyabrda Bombey shahrida tug'ilgan. Hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi rahbarlaridan biri (1953). Dastlabki hikoyalar to'plami- “Tilsimi xayol” (1937). Krishan Chandarning turli janrlarda 80 ga yaqin kitobi chop etilgan. “Xoin”, Biz vahshiymiz” (1949) to'plamlarida Hindistonning bo'linishi (1947) va hind-musulmonlar qirg'ini mavzui yoritilgan. “Mag'lubiyat” (1958), “Bo'ron kurtaklari” (1954), “Kumush yara” (1964) romanlari, “Ko'cha ortga qaytadi” (1961), “Ikkinchi qor yog'ishdan avval” (1967) qissalari va avtobiografik qissalari (“Loy o'yinchoqlar”, 1956; “Xotiramdagi chinorlar”, 1968) va boshqa asarlarida Kashmir xalqi hayoti aks ettirilgan. Krishan Chandar “Eshakning sarguzashtlari” (1958-65), “Dalar ko'prigidagi bolalar” (1958), “Qog'oz qayiq” (1966) romanlaridan iborat trilogiya muallifi. Krishan Chandar O'zbekistonda bo'lgan. Asarlari xorijiy tillarga jumladan, o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Krishan Chandar 1977 yil Bombey shahridа 7 marta vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan