SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Rus matematigi Nikolay Lobachevskiy Ivanovich tavallud topgan kun
1792-11-20

Nikolay Lobachevskiy Ivanovich 1792 yil 20 noyabrda Nijniy Novgorod shahrida tug'ilgan Rus matematigi, noevklid geometriyani yaratgan. Qozon universitetini tugatgach (1811), shu universitetida o'qituvchi, professor (1816), fakultet dekani (1820-1826), rektor (1827-1846) L.Evklid geometriyasidagi parallellik aksiomasi o'rniga boshqa aksioma kiritib, ziddiyatdan xoli mukammal geometriya-noevklid geometriyani yaratdi (qadimgi Lobachevskiy geometriyasi). Zamondoshlari tan olmaganligiga qaramay, Lobachevskiyning ishlariga xayrixoh K.Gauss tavsiyasi bilan Gyottingen ilmiy jamiyatining muxbir a'zoligiga saylangan. Lobachevskiy algebra (tenglamalarni taqribiy yechish usuli), matematik analiz (funksiyaning mukammal ta'rifi, qatorlarning yaqinlashish alomati), ehtimollar nazariyasi, mexanika va boshqa sohalarga muhim hissa qo'shdi. Lobachevskiy moddiy qiyinchilik va xastaligiga qaramay, umrining oxirigacha ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Lobachevskiy geometriyasining yaratilishi matematika taraqqiyotida katta voqea bo'ldi, tabiat haqidagi tasavvurlarimizni boyitdi. Lobachevskiy 1856 yil Nijniy Novgorod shahrida 24 dekabrda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan