SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Rang-tasvir ustasi Aliqulov Alisher Mahmudovich tavallud topgan kun
1966-11-20

Alisher Aliqulov Mahmudovich 1966 yil 20 noyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Rangtasvir ustasi, O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi (2003). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1987) va Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn inistituti (1995)ni tugatgan. Aliqulov monumental rang-tasvirda samarali ijod qiladi. Asarlari mavzusi, asosan, O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan. Tarixiy voqealar, shaxslar, an'analar va marosimlarni realizm asosida aks ettiradi: “Qadimgi. Baqtriyada sport o'yinlari” (1996, Olimpiya shonshuhrati muzeyida), “Dunyo xalqlari ertaklari” (1997, Yosh tomoshabinlar teatrida); ”O'zbekistonning buyuk siymolari” (1998, Toshkent shaxar Kapital qurilish bosh boshqarmasida), Toshkent shaxar hayvonot bog'idagi bir necha dioramalar (1997-98), “Xalq qo'zg'olonlari va jadidchilik harakatlari” (2000) va “Amir Temur jahon tarixida” (2002, ikkalasi ham O'zbekiston tarixi muzeyida) va boshqalar monumental asarlar; “Amir Temurning To'xtamish ustidan g'alabasi” va “Samarqand bozori” (1996, Temuriylar tarixi davlat muzeyida), “Amir Temur maqbarasi”, “Bayroq uchun jang” (1996) va “Qasrning zabt etilishi” (1998, ikkalasi ham Markaziy ofitserlar uyida), “Sovg'a” (2003) va boshqalar dastgoh asarlari. Aliqulov respublika va xorijiy mamlakatlar (Ozarbayjon, Turkiya, Misr, Makedoniya, AQSh va boshqalar) dagi ko'rgazmalarda asarlari bilan qatnashdi. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1996). O'zbekiston Badiy Akademiyasi Oltin medali bilan taqdirlangan (2001).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan