SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
O'zbekiston xalq artisti Obid Yunusov tavallud topgan kun
1934-11-20

Obid Yunusov 1934 yil 20 noyabrda tug'ilgan – aktyor, O'zbekiston xalq artisti (1990). Yunus Rajabiyning o'g'li. Toshkent teatr va rassomlik san'ati inistitutini tugatgan (1956). 1956-1998 yillar Hamza teatri (hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatri)da ishladi. Erkin (“Aytsam tilim, aytmasam dilim”), Qayum (“Yurak yonmog'i kerak”), Xolmat (“Boy ila xizmatchi”), Abbos (“Mirzo Ulug'bek”), Ma'mur (“Kelinlar qo'zg'oloni”), Kirill (“Oqshomdan tushgacha”), Yormat (“Qutlug' qon”), Sino (“Abu Ali ibn Sino”), O'tkuriy (“Parvona”) kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam o'rin oldi. U bir qancha filmlar (“Armon”, “To'ylar muborak”, “Chinor ostidagi duel”, “Chayon gul”, “Shaytanat”, “Sharpa” va boshqalar)da ham suratga tushgan. Dublyaj san'atining mohir ustasi sifatida tanilgan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989), ”Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan (2003).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan