SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Aktyor, xonanda, rejessyor Nuraliyev O’rinboy tavallud topgan kun
1942-09-25

Nuraliyev O’rinboy  (1942.25.9, Namangan viloyati Beshkapa qishlog’i) - aktyor, xonanda, rejessyor. O’zbekiston xalq artisti (1991). Andijon pedagogika instituti (1970), Toshkent teatr va rassomlik san'at institutini (1979) yil tugatgan. Namangan teatrida (1958-60, 1977-91), Andijon teatrida (1961- 77) aktyor. 1991-92 yillar Namangan teatri,  1992 yildan Madaniyat boshqarmasiga qarashli Xalq ijodi uyi (Namangan) direktori. Nuraliyev Farhod, Majnun ( Xurshid, “Farxod va Shirin”, “ Layli va Majnun”), Haydar (K.Yashin  ( Nurxon”) , Navoiy (Uyg’un, I Sulton, “Navoiy”), Ibn Sino, Umar Xayyom ( A. Shalomayev , “Ibn Sino”, “Umar Xayyom”),  Zokirxo’ja (T.Malik “So’ngi o’q”) kabi milliy dramaturgiya asarlarida yaratgan obrazlari bilan o’zbek teatri tarixidan munosib o’rin oldi. Uning ijodi kuchli dramatizmi , sahna harakatlarining aniqligi , obrazlaridagi ko’tarinkilik , jo’shqinlik, soddalik, olijanobligi bilan ajralib turadi.Nuraliyev xonanda sifatida “Onaginam”, “So’ramaysiz”, “Siz yaxshi odamlar”, “Ko’cha bog’i - 2 “, “ Bayot- 2” , “Quyosh” kabi qo’shiqlari bilan tanilgan. Rejissyor sifatida “ Chimildiq” ( E.Xushvaqtov ) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan