SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Butun jahon to‘qish kun
0000-06-14

2005 yil iyun oyining har shanba kuni unyoda ajoyib bayram - butun jahon omma oldida to‘qish kuni o‘tkaziladi bu kuning emblemasi ham antiqa, spitsa va kryuchoklarda to‘qishni yaxshi ko‘rgan insonlar shaharning jamoat joylarida - oromgohlarda, skver, kafelarda yig‘ilib o‘zlarining sevimli ishlari to‘qish bilan shug‘ullanishadi. Birinchi Butunjahon omma oldida to‘qish kuni Parijda o‘tkazilgan. Bu ananaviy kuni o‘tkazishni to‘qishni sevuvchi Daniel Lendes o‘ylab chiqqan. Keyinchalik ommaviy to‘qish kuni nafaqat Fransiyada, balki boshqa davlatlarda - AQSH, Angliya, Shvetsiya, Fillandiya, Norvegiya, Estoniyalarda o‘tkazila boshlandi. Faqat ularning embelemasi - Yevropa kartasining fonida ikkta to‘qish spitsasi va “Birga to‘qiymiz” shiori ostida aks ettirilgan. Ko‘p joylarda bu aksiya xayriya tusini olgan. Ko‘pincha to‘quvchilar bu kunda to‘qigan narsalarini kam ta'minlangan oilalarga beradilar yoki yarmarkalarda sotuvga qo‘yib tushgan mablag‘larni muxtojlarga beradilar. Juda faol to‘quvchilar butun dunyoga ham o‘z mahsulotlarini yuboradilar. Bundan tashqari Butunjahon to‘qish kunida ommaviy to‘qilgan byumlarning ko‘rgazmalari tashkil qilinadi, modalar ko‘rsatuvi tashkil qilinadi. Do‘kon sotuchilari ham o‘z mahsulotlarini - to‘qish iplari, to‘qish mashinkalarini sotish bilan o‘z hissalarini qo‘shadilar. Hozirgi kunda turli ma'lumotlarga qaraganda Butunjahon to‘qish kuni sayyoramizning 350 dan ziyod shaharlarida o‘tkaziladi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan