SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
81011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Qiziqchi Muhiddin Qiziq Darveshov tavallud topgan kun
1938-02-26

Muhiddin Qiziq Darveshov (1938.26.2 – Buvayda tumani – 1995.25.9) – qiziqchi. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatgan (1959). Tesha qiziq Komilov va Oxunjon qiziq Huzurjonovlarga ergashib, “Sartarosh”, “Samolyot”, “Ichkilikning oqibati”; “Ashulachining kaltak yeyishi” kulgi-hikoyalarni ijro etgan. Hayotiy voqealar asosida o‘zi mustaqil kulgi-hikoya, latifa va hangomalar to‘qib ijro etgan. Muhiddin qiziq repertuari nihoyatda boy bo‘lib, u garchi asosan kulgi-hikoya, latifa va hangoma janrlarida ijod qilgan bo‘lsa-da, o‘z chiqishlarida ularni bir-biriga bog‘lab namoyish etgan. “Telefon”, “Futbol”, “Shaxmat”, “Bedana” payrovlarida tortishgan. Askiyani voqeaband qilib qurishga usta bo‘lgan. 1986 yilda Buvayda tumani madaniyat uyi qoshida “Qahqaha” guruhini tashkil etgan. 1967 yil xalq ijodiyoti ko‘rigi, 1984, 1986, 1988 yillarda askiyachi va qiziqchilarning respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi. 
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2003


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan