SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Latviya xalq yozuvchisi Andrey Upit Martinovich tavallud topgan kun
1877-11-22

Andrey Upit Martinovich 1877 yil 22 noyabrda Skriveri, hozirgi Latviya Respublikasi, Ogra tumanida tug'ilgan. Latish adabiyoti asoschilaridan, adabiyotshunos, davlat arbobi. Latviya xalq yozuvchisi (1943). Latviya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1941-54), Latviya Fanlar Akademiyasi akademigi (1946), Latviya Oliy majlisi Prizidiumi raisi o'rinbosari (1940-51) va a'zosi (1951 yildan) Ijodi 1906 yildan boshlangan. 1907-12 yillarda “Burjua”, “ “So'ngi latish” dilogiyasini yozgan. “Robejnieklar” trilogiyasini (1909-33) da latish dehqonlarining 1905-1907 yillargacha bosib o'tgan tarixiy yo'li aks ettirilgan. “Kichik komediya” hikoyalar kitobi (1909-1910) va “Ayol” (1910), “Oltin”(1914), ” Xoinlar” (1915-1916) romanlarida meshchanlik tanqid qilingan. “Kamalak ko'prik bo'ylab” romani (1926),”Cho'miluvchi Susanna” (1922), “Chaykaning parvozi” (1926), “Yashnayotgan cho'l” (1930) komediyalari hamda ”Metamarfoza” (1923), “Qashshoq hayot” (1926), “Pastor haqida hikoyalar”(1930) to'plamlari va tarixiy mavzudagi “Asrlar boshida” tetralogiyasi (1937-40) muallifi. “Ko'kalamzor” (1945), “Bulutlardagi shul'a (1951) romanlarida 19 asr oxiridagi latish qishloqlari hayoti aks etgan. Adabiyot tarixiga oid tadqiqotlari bor. ”Jannatdan quvilganlar”(1973,1980), “Yashil yer”(1962) asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Upit 1970 yil Riga shahrida 17 noyabrda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan