SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Fransiyada birinchi marotaba “Oyga sayohat” nomli ilmiy fantastik film ekranga chiqqan kun
1902-05-02

1902 yil  2 mayda Jyul Vern asari bo‘yicha rejissyor Jorj Melyes tomonidan yaratilgan “Oyga sayohat” nomli film ekranga chiqdi. 21 minut davom etgan bu film  rejissyorning eng yaxshi filmlardan biri bo‘ldi. Kinomotorgraflar tarixiga oid ensiklopediyalar sahifalarida afsungar, sehrgar, aktyor, rejissyor, ixtirochi Jorj Melyesni juda ko‘p uchratish mumkin. U kinofantastika va qo‘rqinchli janrlarda hujjatli, sarguzashtli  filmlar, sehrli ertaklar yaratdiki ular hozirgi kunga qadar o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Aka - uka Lyumerlarning ixtirolari bilan tanishib chiqib, Jorj Melyes bu ixtironi boyitish maqsadida turli akrobatik harakatlarning postanovkasini o‘ylab topdi. Jorj Melyes bir kadrda akterning boshi bor bo‘lib, ikkinchi kadrda esa boshsiz bo‘lib qoladigan mashhur minyatyuralarning ham avtoridir. Bu kadrlar shunday mahorat bilan olinganki, voqealar tomoshabinning ko‘z oldida ro‘y berayotganday bo‘lib, hammani hayratda qoldirgan. Ayniqsa 1928 yili Melyesni keng omma tan oldi. Uning kinomatografiyaga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi. Charli Chaplin uni “Yorug‘likning alximigi” deb atadi. 1931 yili Melyes Legionni fahrli ordenini oldi. Rejissyor umrining so‘ngi kunlarini aktyorlar pansionida o‘tkazdi.   

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan