SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Samarqand o'lkani o'rganish muzeyining tashkilotchisi Vasiliy Vyatkin Lavrentevich tavallud topgan kun
1869-08-18

Arxeolog Vasiliy Vyatkin Lavrentyevich 1869 yil 18 avgust kuni Yettisuvda dunyoga kelgan. 1894 yilda Toshkent o’qituvchilar seminariyasini tugatgan. 1896 yillarda Samarqand o’lkani o’rganish muzeyining tashkilotchisi va direktori bo’lgan. Vasiliy Vyatkin 1905-1931 yillarda Afrosiyobda qazish ishlari olib borib, tadqiqotlari haqida 1926 yilda  “Afrosiyob-ko’hna Samarqand o’rni” asarini yozgan. 1908-0909, 1914 yillarda Ulug’bek rasadxonasi 15 asr o’rnini aniqlagan va u yerda qazish ishlari olib borgan. Samarqand me’moriy yodgorliklarini o’rganish va muhofaza qilishga katta e’tibor bergan. ("Mirzo Ulug’bek va uning Samarqanddagi rasadxonasi”, 1929 yil “Qadimgi Samarqand arxitekturasi”, 1920 yilda Buxoro va 1929 yilda Xorazmda muhim arxeologik tadqiqotlar olib borgan. O’rta asrlarga doir ko’plab sharq qo’lyozmalarini to’plagan, sharhlangan va nashr ettirilgan. Rus maktablari uchun “O’zbek tili darsligi” va 1923 yil “Fors tili darsligi”ni tuzgan. U 1932 yil 26 iyun kuni Samarqandga Ulug’bek rasadxonasi yoniga dafn etilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2001.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan