SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161819
20212223242526
2728293031  
Elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi Edison Tomas Alva tavallud topgan kun
1847-02-11

Edison Tomas Alva (1847.11.02, Maylan, Ogayo shtati – 1931.17.10, Uest-Orinj, Nyu-Jersi shtati) – elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi. Dastlab (12 yoshidan) gazeta tarqatuvchi, keyin telegrafchi bo‘lib ishlagan. 1868 yildan ixtirochilik bilan shug‘illangan. Axborotlarni (birja kurslarini) telegraf orqali uzatish asbobini loyihalagan (1869-76), ko‘p karrali telegraflash bo‘yicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan (1877), cho‘g‘lanma lanpani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan (1879). Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan ta’minlashni markazlashtirish ustida ishlagan. Kinotexnika, temir yo‘l, kon va qurilish ishlarida, kimyo va boshqa sohalarga doir loyihalari bilan qatnashgan. Edison loyihasi bo‘yicha Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi umumfoydalaniladigan o‘zgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan (1882). Edison effekti deb atalgan termoion emissiyani kuzatgan (1883). Nobel mukofoti laureati (1915).
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan