SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Nemis tabiatshunosi Yulius Robert Mayer tavallud topgan kun
1814-11-25

Yulius Mayer Robert 1814 yil 25 noyabrda Xaylbronn shahrida tug'ilgan Nemis tabiatshunosi, vrachi va fizigi. Tyubingen universitetini tugatgan (1838). 1840-1841 yillarda Yava oroliga vrach sifatida kemada safarda qatnashgan. Sayohat davrida u matroslarning venasidan olinadigan qonning rangi tropik o'lkalarda shimoliy Kenglikdagiga nisbatan ochroq bo'lishini sezgan va organizm iste'mol qilayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan unda hosil bo'ladigan issiqlik orasida bog'liqlik borligini aytgan. Odam organizmidagi oksidlangan mahsulotlar miqdori bilan bajargan ishi orasidagi bog'liqlikni aniqlagan hamda birinchi bo'lib energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanishi qonunini izohlab bergan; issiqlik mexanik ekvivalentining son qiymatini hisoblab chiqqan (1842). Mayerning bu kashfiyoti uzoq vaqt tan olinmagan. Mayer 1878 yil Xaylbron shahrida 20 martda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan