SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
    123
4567810
11121314151617
18192021222324
25262728293031
O'zbekiston xalq hofizi Eson Lutfullayev tavallud topgan kun
1935-11-25

Eson Lutfullayev 1935 yil 25 noyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. O'zbekiston xalq hofizi (1997). Hamid Olimjon nomidagi Samarqand drama teatri (1956-57), O'zbek davlat filarmoniyasi (1957-60), “Maqom” ansambli (1960-2000) da ishlagan. Yoqimli, diapazoni keng va kuchli ovoz sohibi. Ustozlari J. Sultonov va M. Uzoqov an'analarining davomchisi. Repertuaridan maqom va mumtoz ashula yo'llari (“Navro'zi sabo”. “Feruz I-II”. “Mo'g'ulchai Navo”. “Chapandozi Bayot”. “Chorgoh I”, “Buxoro Irog'i”, “Suvora” va boshqalar), katta ashulalar (“Sog'indim”, “Ohkim” va boshqalar), 100 ga yaqin o'zi bastalagan ashulalar (“Ko'ziga surma qildi”, “Yuragi toza bo'lsin”, “Zor etma”, ”Dastingdan”, “Noz uyqusi”, “Afsona deb” va boshqalar) o'rin olgan. O'zbekiston televideniesida Lutfullaev ijodiga bag'ishlangan 2 ta videofilm (“Eson Lutfullaev kuylaydi” 1991; “Bokira tuyg'ular”, 1998) suratga olingan, Lutfullayev ijro etgan ashulalar gramplastinkada chiqarilgan (“Eson Lutfullayev kuylaydi” va boshqalar). Lutfullayev 2000 yil Toshkent shahrida 1 dekabrda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan