SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Fransuz kompozitori Lyulli Jan Batist tavallud topgan kun
1632-11-28

Lyulli Jan Batist 1632 yil 28 noyabrda Florensiya shahrida tug'ilgan. Fransuz kompozitori, musiqiy klassisizm uslubining yirik namoyandasi. 14 yoshidan Parijda yashab, musiqadan saboq olgan. 1653 yildan Lyudovik XIV saroyida kompozitor, 1672 yildan Parijdagi “Qirol musiqa akademiyasi” (keyinchalik “Grand opera” teatri)ning rahbari. Lyulli “lirik tragediya” janrini yaratib, milliy opera hamda “fransuz uvertyurasi”ga asos solgan. Asarlari musiqiy mavzular yorqinligi va ifodaviyligi, kompozision mukammalligi, garmoniya va ritmik vositalarining ravshanligi, ko'tarinki ruhda yaratilgan vokal kuylarning ma'nodorligi bilan ajralib turadi. Antik mavzularga asoslangan opera (“Kadm va Germioka”, “Alsesta”, ”Tezey”, “Persey”, Armida” va boshqa,(1673-86), opera-baletlar (“Sevgining g'alabasi”, 1681; “Tinchlik dargohi”, 1685 va boshqa), divertisment, cholg'u kuy, ariya, qo'shiqlar, diniy musiqa asarlari muallifi. Lyulli 1687 yil Parijda shahrida 23 martda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan