SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sobirjon Mo'minov tavallud topgan kun
1969-11-29

Sobirjon Mo'minov 1969 yil 29 noyabrda O'sh shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Oilada 9 farzand-5 o'g'il, 4 qiz bo'lib, o'g'illarning barchasi san'at yo'lini tanlagan. Chunki otasi Odil aka ham doira chalib, qo'shiq kuylagan. Jo'raxon Sultonov. Ma'murjon Uzoqov, Fattohxon Mamadaliyevlar bilan hamkorlikda bir davrada ijod qilgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, yosh Sobirjonda san'atga qiziqish erta uyg'ondi. Dastlab umumiy maktabda, keyinchalik musiqa maktabida 7 yil ta'lim oldi. Skripka chalish sirlarini ustozi Boris Alekseyevichdan o'rgandi. O'sh shahridagi bilim yurtida o'qish jarayonida O'sh teatrida yakkaxon xonanda bo'lib ishlay boshladi. Ustozlari ko'magida ashula aytish Sobirjonning keyingi orzusi san'atdagi o'qishni davom ettirish edi. Toshkent davlat madaniyat institutiga o'qishga kirib, maqom va tanbur sozi bo'yicha tahsil oldi. 1992 yildan Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi badiiy jamoalar direksiyasi qoshidagi “O'zbekiston” ansamblida yakkaxon xonanda bo'lib ish faoliyatini davom ettirdi. O'zbekiston bo'ylab, shuningdek, bir qancha xorijiy mamalakatlarida-Turkiya, AQSh, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda safarda bo'lib, yangi-yangi qo'shiqlari bilan muxlislar orttirdi. Sobirjon Mo'minov 1993 yilda “Anor” estrada qo'shiqlar tanlovining mutloq g'olibi, 1995 yilda “Sado” tanlovi g'olibi, 1998 yilda “Oila” yilining mashhur qo'shiqchisi bo'ldi. 2000 yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. San'atkorning oilasiga havas qilsa arzigulik, turmush o'rtog'i Naziraxon bilan 4 farzandni tarbiyalab, shirin hayot kechirib, xalqimizga yangi-yangi qo'shiqlar yaratish orzusida yashab kelmoqda va turli sozlarni chalishni o'rgandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan