Balet o’qituvchisi Afanasyeva Zinaida Ivanovna tavallud topgan kun
1907-09-26

Afanas’yeva Zinaida Ivanovna (1907.26.9,
Sankt-Peterburg – 1975.8.8, Toshkent) – balet o’qituvchisi. O’zbekistonda
xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). 1919-yillarda Leningrad xoreografiya
bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan bo’limida o’qigan.
1942-46 yillarda Yangiyo’l o’zbek musiqali teatrida baletmeyster-pedagog.
A.Navoiy nomidagi opera va balet teatrida mumtoz raqsdan dars berdi (1946-53).
Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtining tashkilotchilaridan (1947) va
badiiy rahbari (1948-68). O’zbekistonda balet san’atini rivojlantirish, mumtoz
raqs ustalarini tayyorlashga katta hissa qo’shgan