SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Portugaliyalik adib Joze Saramago tavallud topgan kun
1922-11-16

Portugaliyalik adib Joze Saramago 1922 yil 16 noyabr kuni Lissabondan yuz chaqirimcha keladigan Ozinyazi qo'rg'onida tug'ilgan. Saramago ma'muriy fuqaro xizmati xodimlariga ijtimoiy xizmat ko'rsatish idorasida ishlagan kezlarida, 22yoshida uylanadi. 1947 yilda u ilk asari –“Beva” romanini e'lon qilgan. Muharrirning taklifi bilan romanga “Gunoh zamini” degan nom qo'yiladi. Keyin yana bir romanlar yaratgan yozuvchi kunlardan birida hali bu dunyoda biron so'z ayta olmayotganini payqab qoladi va 19 yoshida adabiyotdan ketishga qaror qiladi. 1966 yilda kitobxon hukmiga havola etilgan “ehtimoliy she'rlar” kitobi esa uning adabiyot olamiga mutlaqo boshqa bir darajada qaytganidan dalolat beradi. ”Chizmachilik va kalligrafiya darsligi” romani va “Kvaziobekt” falsafiy hikoyalar to'plami, “Balki, bu shodlikdir”, “Shu va narigi dunyodan lavhalar” she'riy to'plamlari va bir qator sahna asarlari asosan siyosatga bag'ishlangan. Uning “Monastir haqidagi xotiralar” romani Vatikanni o'zining antiklerikal luqmalari bilan g'azablantirgan edi. Biroq katoliklar cherkovini eng katta taajjub va g'azabga olib kelgan asar uning “Isodan injilgacha” asari bo'ldi. Ushbu ma'lum ta'riflarga ko'ra “tarixiy haqiqat ustidan masxara qilib va Yangi Vasiyat bosh qahramonlarining xarakterlarini noto'g'ri talqin qilgan” asar 25 tilga tarjima qilingan va o'z vatanida yigirma marotaba qayta nashr qilingan. Muallifning “Tosh sol” deb nomlangan satirik uslubdagi asari ham kitobxonlarda katta qiziqish uyg'otadi. Uni tanqidchilar ko'p hollarda magik realizm yo'nalishdagi yozuvchilar Borxes, Kortasar, Markes asarlari asarlari qatoriga qo'yishadi. Bu o'xshatish va tenglash Saramoga xush kelmaydi. U o'zining Servantes va Gogolga yaqinligini izhor qiladi. Joze Saramago “Ramzlardan foydalanib tasavvurlar, azolanishlar va kinoyalar bilan mustahkamlangan aldamchi borliqni anglash imkonini beradigan ijodiy ishlari uchun” 1998 yilda Nobel mukofotiga loyiq topildi. 2000 yilda uning “O'ngir” romani chiqadi. Bu asar ilgari nashrdan chiqqan “Ko'rlik haqida qissa” va “Barcha nomlar” romanlari trilogiyasini yakunlaydi. 1998 yildan keyin uning asarlari qariyb qirqdan ortiq tillarga o'girildi. Saramago yaratgan adabiyot odamni o'ylashga, fikrlashga, kerak bo'lsa, bahslashishga chorlaydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan