SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
181920212223
24252627282930
Fransiyalik mashhur qo'shiqchi Mirey Matyo tavallud topgan kun
1946-07-22

Fransuz musiqasi shaydolari, ayniqsa, katta avlod vakillari Mirey Matyoni, uning o’ziga xos ovozi va... takrorlanmas soch turmagini yaxshi eslashadi. Jo'shqin qo'shiqlarini xamon ishtiyoq, bilan tinglashadi. Biroq, Matyoning eng ashaddiy muhlislari ham uning shaxsiy hayoti haqida ko'p narsa bilishmaydi. Chunki xonanda o'zi haqida ma'lumot berishni yoqtirmaydi, ichidagini tashiga chiqarmaydi. 19 yoshidan buyon bergan intervyularida esa faqat san'ati haqida so'z yuritadi. "Menga qiziqqanlar qo'shiqlarimni tinglayverishsin. Shaxsiy hayotimga esa begonalarni yo'latmayman", deydi san'atkor. Mirey 1946 yilning 22 iyulida Avinyondagi o'ta kambag'al oilada dunyoga kelgan, oiladagi 14 farzandning to'ng'ichi bo'lgan. Ko'p yillar harobgina umumiy barakda kun kechirgan Matyolar axiri alohida shahar uyiga ko'chib o'tadi. Besh xonali xonadon bilan bog'liq ilk taassurot Mireyning xotirasida muxrlanib qoladi. «Bu mening hayotimdagi eng unutilmas kun bo'lgan edi, - deydi u, yangi uyimizda xatto alohida hammom bo'lib, unga birinchi bo'lib men kirgandim!» Maktabda Mirey past baholarga o'qigan. Lekin bunga uning darslarni o'zlashtira olmagani emas, birinchi o'qituvchisi bilan chiqishmay qolgani sabab bo'lgan. Qattiqqo'l ustoz tugma chapaqay qizaloqdan o'ng qo'lda yozishni talab qilar va "bilganidan qolmaydigan o'jar" shogirdning qo'llariga chizg'ich bilan beayov urardi. O'qituvchisining g'azabiga duchor bo'lgan Mireyning o'qishdan butkul ko'ngli soviydi, sinfdoshlaridan orqada qolib ketadi. Maktabdagi ko'ngilsizliklar unga qattiq, ta'sir qiladi. Matyo 13 yoshida o'qishni tashlab, xatjild ishlab chiqaradigan fabrikaga ishga kiradi. Mirey bolalik chog'laridanok qo'shiq aytishga qiziqardi. Otasi ham ajoyib tenor bo'lgan. «Otam uyda, ustaxonada doim qo'shiq xirgoyi qilardi, uning shirali ovozini tinglab, samoga parvoz qilgandek bo'lardim, jo'r bo'lib kuylashni yoqtirardim», - xotirlaydi Matyo. Mirey 16 yoshida shahar tanlovida ishtirok etib, ajoyib ijrosi bilan ikkinchi o'rinni egallaydi. 1965 yilda esa mazkur turnirda bosh sovrinni qo'lga kirtib, Parijga, yosh iqtidorlar teleshousiga yo’llanma oladi. Shu yili Mirey Matyo ilk marotaba fransuz teletomoshabinlari qarshisida namoyon bo'ladi. YoSh xonanda ijrosidagi diptortar ohanglar ko'pchilikka manzur keladi, uni mashhur Edit Piafga qiyoslashadi. Endi Mireyning professional qo'shiqchi sifatidagi hayoti boshlanadi. Prodyuserlar uni har tomonlama: nota va vokal sirlari, sahnada o'zini tutish, to'g'ri talaffuz, etiket, xullas, bolaligida o'rganmagan ko'p narsalardan saboq olishga majbur etishadi. 1966 yilda Matyo Fransiyaning yangi yil bayrami nishonlanayotgan eng nufuzli sahnalaridan biri - "Olimpiya"da kuylash baxtiga muyassar bo'ladi. Uning ijrosi tomoshabinlar olqishi, mutaxassislar e'tirofiga sazovor bo'ladi. Lekin shu bilan birga Mireyni afsonaviy Piafga taqlidchilikda ayblashadi. San'atkor prodyuseri Jonni Stark bilan hamkorlikda o'z ustida ishlab, yangi ijrouslubini izlashga kirishadi. Matyoning Pol Moria bastalagan "Mon kredo" nomli qo'shig'i yozilgan birinchi diski yarim yil ichida Fransiyada million nusxada sotiladi... 1989 yilda Eyfel minorasining 100 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tantanali marosimda Mirey Matyo Respublika gvardiya orkestri va Fransiya armiyasi xor jamoasi jo'rligida mamlakat madxiyasini ijro etish baxtiga muyassar buladi. 1998 yilda Faxriy legion ordeni bilan mukofotlanadi. «Fransuz qo'shiqlari elchisi» sifatida tanilgan Mirey Matyo jahonning turli mamlakatlarida olqishlar bilan qarshi olingan. U ona tilidan tashqari, nemis, ingliz, italyan, ispan, yapon, xitoy, rus, fin tillarida ham mingdan ortiq qo'shiqlar ijro etgan. Butun dunyo bo'ylab uning yuz milliondan ziyod plastinkalari sotilgan. 2005 yilning noyabr oyida mohir san'atkor «Olimpiya» zalida ijodining 40 yilligiga bag'ishlangan "Qirq yil muhabbat va hayajon bilan" nomli konsert dasturini taqdim etdi. Darvoqe, shahsiy hayot haqida... Barcha gastrollarda Mireyga onasi hamroxlik qilgan. Chunki Matyoning undan boshqa yaqin kishisi Ro'k xonanda turmushga chiqmagan. "Sahna, muvaffaqiyat, olqishlar ko'pchilik uchun baxt timsoli. Siz bularning barchasiga erishgansiz. Ammo ayol sifatida o'zingizni baxtli hisoblaysizmi?" - deb so'rashdan charchamaydigan jurnalistlarga Mirey: "Men sahnaga chiqqanimda bu haqida o'ylamayman. Shunchaki, qo'shiq aytish imkoniyatini bergani uchun, shunday ovoz ato etgani uchun har kuni Yaratganga shukrona aytaman", - deya ma'yus tabassum bilan javob beradi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan