SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4567910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Meksikada bolalar kuni
1995-04-30

Meksikada ham bolalarni sevishadi va ardoqlashadi. Shundan ko’rinib turibdiki  Meksikaliklar bolajonlar uchun alohida sanani, ya'ni 30 aprelni - bolalar kuni deb e'lon qilishgan. An'anaviy bu kunda hamma bolalar ota-onalar va qarindoshlaridan sovg’alar oladilar. Bu kunga bolalar markazlari, teatr va o’yin zallari o’zlarining bayramona tomoshalari bilan bolalarni xushnud etadilar. Meksika bolalari ham, barcha bolalar singari o’zlariga oro berib o’yinlar o’ynashni hush ko’radilar. Albatta bolalar bayramga o’zlarining milliy kiyimlari  bo’lgan sombreroda tashrif buyuradilar. Bayramda ishtirok etish 12 yoshdan oshmagan bolajonlar uchun bepul bo’lgan . 1995 yilda Meksika Milliy San'at muzeyi tashabussi bilan o’tkazilgan birinchi bolalar bayram tantanasi  bolalar kunining iftixori bo’lgan. Bu tadbirning juda ham mashxur  bo’lganidan, Muzey xodimlari xar bolalar kuni bayramini shu an'anada davom  ettirishni rejalashtirishdi. Xar bolalar kuni bayramining tayyorgarligi uchun  talabalar, ko’ngillilar va maktab o’quvchilari jalb qilinadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan