Adabiyotshunos olim Normatov Umarali tavallud topgan kun
1931-01-03

Normatov Umarali (1931.3.1, Beshariq tumani) – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957). 1962 yildan ToshDU filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent; kafedra mudiri (1974-2000), kafedra professori (2001 yildan). 1957 yildan adabiy-tanqidiy va ilmiy maqolalari bilan adabiy jarayonda ishtirok etib keladi. Normatovning ilmiy, adabiy-tanqidiy tadqiqotlari yangi o‘zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga, uning o‘ziga xos an’analari va novatorlik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, 20-asr o‘zbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Qodiriy, Sh.Xolmirzayev, P.Qodirov, O‘tkir Hoshimov va boshqa ijodkorlarning asarlari bilan bog‘liq masalalar muhim o‘rin egallaydi. Normatov umumta’lim maktablarining 5-, 9-, 11-sinflari uchun “O‘zbek adabiyoti” darslik va majmualari, oliy o‘quv yurtlari uchun “20-asr o‘zbek adabiyoti tarixi” (1999) darsligi mualliflaridan biri. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2003
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Sultonmurod Olim kitob haqida 10 savol Shahnoza Yahyoeva. Istiqlolim iqbolim Olimova Charosxon Baxrom qizi YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan?