Fizik olim Mo‘minov Tolib Musayevich tavallud topgan kun
1943-01-11

Mo‘minov Tolib Musayevich (1943.11.1, Samarqand shahri) – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori(1979), professor (1981). SamDU ni tugatgan (1965), SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida ilmiy xodim (1965-79). ToshDU da laboratoriya mudiri (1979-81), Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti direktori (1981-87; 1995 yildan), SamDU rektori (1992-95). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasi oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB-50 betatroni, MT-22S mikrotroni, EG-2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va boshqalar) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan o‘tishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining o‘ta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar o‘tkazdi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2003
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Fizika II qism Fizika I qism Sultonmurod Olim kitob haqida 10 savol Mo‘minov Asadbek Olimova Charosxon Baxrom qizi YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…?