Qishloq xo'jalik fanlari doktori Negrul Aleksandr Mixaylovich tavallud topgan kun
1900-12-25

Negrul Aleksandr
Mixaylovich (1900.25.12, Poltava-1971.25.7, Moskva )-uzum gentitikasi va
seleksiyasi sohasidagi olim, qishloq xo’jalik fanlari doktori (1938), professor
(1940). RSFSRda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965). Odessa qishloq xo’jaligi inistitutini
tugatgan (1925). 1926-1944 yillarda Odessa vinochilik stanyasida, uzumchilik va
vinochilik inistitutida (Tbilisi shahri.),
Butunittifoq o’simlikshunoslik inistitutida (Sanket-Peterburg shahri) uzum
seleksiyasi bo’limi boshlig’i. 1944-yildan Moskva qishloq xo’jaligi akademiyasi
vinochilik va subtoropik ekinlar kafedrasi mudiri. Negrul tokning genealogik
tasnifini tuzdi. O’rta Osiyoda xo’rakiuzumchilikning rivojlantirishga katta hissa
qo’shdi, tokning 16 yangi navini yaratdi (M.S. Juravel bilan hamkorlikda). Bu
navlar O’zbekistonda va qo’shni davlatlarda katta maydonlarga ekiladi (Go’zal qora,
VIR, muskati, Jo’rauzum, Ertagi VIR, Tarnov, O’zbekiston muskati, Oktyabrsiy, Pobeda va boshqalar) VASXNIL uzumchilik
seksiyasining raisi, Italiya uzumchilik va vinochilik akademiyasining muhbir
a'zosi bo’lgan.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan? Aleksandr Makedonskiy qayerlarni zabt etgan?