SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
O'zbekiston xalq artisti Nizomova Ra'no Hoshimovana tavallud topgan kun
1935-12-25

Nizomova Ra’no Hoshimovana (1935.25.12, Qo’qon)-raqqosa, baletmeyster, pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilimi yurtini mumtoz raqs bo’limini (1954), Toshkent Madaniyat inistitutining rejessyorlik bo’limini (1982) tugatgan. 1954-1957 yil Navoiy teatrida, 1957-1978 yillar “Bahor” ansambilida yetakchi raqossa (ayni vaqtda 1956-yildan repetitor-baletmeyster va badiy rahbar o’rinbosari). “Nargiz” bolalar ashula va raqs ansamblining tashkilotchisi (1978), badiy rahbari va baletmeyster (1989 yilgacha). 1980-yildan Toshkent madaniyat inistitutining xoreografiya bo’limida o’qituvchi (1992-yildan professor). Navoiy teatrining “Oqqush ko’li”, “Uyqudagi go’zal”, “Yetti go’zal”, “Esmeralda”, “Jizel” va boshqa spektakllarida balet partiyalarini ijro etgan. Nizomovaning ijodi serqirra bo’lib, Farg’ona, Buxoro, Xorazm uslubidagi o’zbek mumtoz, xalq zamonaviy raqslarini, qardosh va xorijiy xalqlar raqsini bir maromda mahorat bilan ijro etgan. Nizomova repertuaridan “Bahor” ansambilida “Pilla”, “Jonon”, “Rohat”, “Tanavor”, “Farg’ona ruboiysi”, “Asta qiyolab o’tadi”, “O’sha Ra’no”, “Zavqim kelur”, “Sho’x qiz”, “O’ynasin” kabi hamda afg’on, hind, pokiston, polyak va boshqa xalqlar raqslari o’rin olgan. Baletmeyster sifatida “Lolalar”, “Yoshlik valsi”, “Soqiynomai Bayot”, “Dilxiroj”, “O’zbekiston qizlari”, “Duxtari zebo” va boshqa raqslarni sahnalashtirgan. Avstriya, Chexoslovakiya, Indoneziya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Kanada, Misr va boshqa mamlakatlarda gastrolda bo’lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan