
Xalqaro xotin qizlar demokratik federatsiyasi (XQDF) (MDFJ) Bu federatsiya siyosiy qarashlaridan va diniy etiqodidan, millatidan qatiy nazar barcha ayollarni birlashtiruvchi tashkilotidir. Demokratiya va xalqlarning mustaqilligi, dunyoda tinchlikni saqlash, bolalarni asrash-avaylash, ayollarni o’z fuqolik huquqlariga erishish yo’lida birgalikda kurashish XKDF nizomida aytiladi. Federatsiya bu vazifalarni bajarish yo’lida turli kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari, tinchlik uchun, milliy mustaqillik va demokratik ozodlik uchun kurashayotgan tashkilotlar, turli milliy va xalqaro xotin-qizlar uyushmalari bilan hamkorlik qiladi. Parijda bo’lib o’tgan xalqaro xotin-qizlar kongressida 1945-yil 1-dekabrda xalqaro xotin-qizlar demokratik federatsiyasi tuzilgan. Yangi tashkil etilgan XQDFga Djeni Kotton Raj etib saylangan. Tashkilot taraqqiy etib 1974-yilda 112 ta milliy xotin-qizlar tashkilotlari, jahoning 97 mamlakatidan azo bo’lib kirgan. Hozirgi kunda vazirlar mahkamasi huzurida O’zbekiston xotin-qizlar qomitasi faoliyat ko’rsatmoqda. Uning raisi elmira Erkinovna Basitxonovana.