SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Fransuz rassomi va grafigi Jeriko (Gericault) Teodor tavallud topgan kun
1791-09-26

Fransuz rassomi va grafigi Jeriko (Gericault) Teodor.
Jeriko (Gericault) Teodor (1791.26.9, Ruan – 1824.26.1, Parij), - Fransuz rassomi va grafigi: fransuz rassomlik san`atida romantizm asoschisi.K.Verne (1808-10) va P.Geren (1810-11) da ta`lim olgan. A. Grodan ilhomlangan. J fransuz san`atida ilk bor romantizmga xos bo`lgan dunyo qarama-qarshiliklarini o`tkir his etishni ifodalagan, davrining muhim hodisa va kuchli tuyg`ularini jo`shqin gavdalantirishga intilgan: “Hujumga borayotgan Imperator gvardiyasi egerlari ofisseri” (1812), “Jang maydonini tark etayotgan yarador kirasir” (1814) va boshqalar. Italiya (1816-17), Buyuk Britaniya (1820-22) va boshqalarda ijodiy safarlarda bo`lgan, italiya klassisizmi (ayniqsa, Mikelanjelo) ta`sirida Jeriko asarlarida umumlashma shakl va mahobatlilik, rasmining aniqligi ortdi (“Rimda ozod otlarning chopishi”,1817), dolzarb mavzudagi “Meduza soli” (1818-19) asarlarida inson tuyg`ularining murakkab uyg`unligi tasvirlangan: “20 yashar Delakrua portreti” (1819) va avtoportretlarida romantik rassom qiyofasida ifodalagan: maishiy lavhalar manzaralar yaratgan. Jeriko ijodi 19-asr o`rtalarida yashagan realist rassomlarga ta`sir ko`rsatgan.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan