
31 nafar yosh
shaxmatchilar Butunjahon yoshlar chempionatida O’zbekiston sharafini himoya
qiladi, «Magicchess» shaxmat klubi. Shaxmat
bo’yicha butunjahon yoshlar chempionati 29-dekabr kuni Birlashgan Arab
Amirligining Al-Ayn shahrida 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshli
bollar va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Dunyoning 120 davlati
vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston
sharafini 31 nafar shaxmatchi himoya qiladi. O’zbekiston terma jamoasida
jahon chempioni (2012-yil Sloveniya) Nodirbek Abdusattorov, bronza medali
(Braziliya) sovrindori Gulruhbegim Tohirjonova, Osiyo chempioni Ortiq
Nig‘matov, Osiyo chempioni (Shri-Lanka) Shamsiddin Vohidov, 6 yoshgacha
bo‘lgan bolalar o‘rtasida Osiyo chempioni (Eron) Islombek Sindarov hamda qator
xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori Temur Igonin kabi iqtidorli yoshlar
o‘rin olgan.