SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2931    
Tarixchi olim Fasih Havofiy tavallud topgan kun
1375-09-28

Tarixchi olim Fasih Havofiy
  Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad al-Havofiy (1375.28.9, - taxminan 1443) – tarixchi olim, Temuriylar saroyida xizmat qilgan. Davlat yo'llari bilan Hirotdan Samarqandga - Xalil Sulton huzuriga jo'natilgan. 1415 yilda Shohrux saroyida xizmat qilgan. Muvadjahi dev Fasih Havofiy, Fasih on – devon vaziri (1416-17) va devon boshlig'i (1417-18) kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan. Shohrux tomonidan Kermon (1422- 24) yuborilgan. Boysung'ur saroyida devon boshlig'i (1425-30) bo'lgan.
Fasih Havofiy fors va arab tillarida she'rlar yozgan. 1433-42 yillarda fors tilida “Mujmali Fasihiy” ( “Fasihiyning tarixlar majmuasi”) tarixiy asarini yozgan va uni Shohruxga taqdim etgan. Bu asar “Mujmal-ul tavorix” ( “Tarixiy sanalar yig'indisi “) deb ham yuritiladi. Asar debocha, muqaddima, 2 maqola va xotimadan iborat. Asarning asosiy qismida Fasih Havofiy arab xalifalari, safforiylar, samoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar, g'uriylar, xorazmshohlar to'g'risida ma'lumot bergach, Temuriylar tarixiga batafsil to'xtalgan. Asarda, shuningdek, shoirlar, faqihlar, muhaddislar, shayxlar, shuningdek, iqtisodiy va madaniy hayot, o'sha paytda qurilgan me'moriy obidalar haqida mufassal ma'lumot berilgan.Asar xotimasi Hirot shahriga bag'ishlangan.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan