SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi Alimov Shokir tavallud topgan kun
1912-09-28

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi Alimov Shokir
Alimov Shokir Alimovich (1912.28.9-1976.18.3, Toshkent) – ftiziatr, O’zbekiston FA akademigi (1974). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1962), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1953). SamMI ni tugatgan (1935). O’zbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining ordinatori (1935-40), Toshkent shahar 2-sil kasalxonasining bosh vrachi (1940-41), sil kasallari sanatoriysining bosh vrachi  (1941-43), O’zbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining assistenti, so’ngra katta ilmiy xodim 1943-46), 1951 yildan shu institut direktori, ayni vaqtda (1953 yildan) Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti sil kasalliklari kafedrasining mudiri. Alimov silning epidemiologiyasi, oldini olish va davosi ustida ishlab, bemorlarni mehnat bilan davolashni ilgari surdi. Uning tashabbusi bilan O’zbekistonda mehnat bilan davolash sanatoriysi, ko’plab sil dispanserlari ochildi. O’zbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent ko’chalaridan biri Alimov nomi bilan atalgan.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan