SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Tarixchi olim, Pikulin Mixail tavallud topgan kun
1909-09-29

Tarixchi olim, Pikulin Mixail 
Pikulin Mixail Grigor’yevich (1909.29.9, Ostrogojsk shahri, Voronej guberniyasi – 1987.12.1, Toshkent) – tarixchi olim, sharqshunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1969).Tarix fanlari doktori (1961), professor (1962), 1950-52 yillarda harbiy xizmatni davom ettirgan holda O'zbekiston FA Sharqshunoslik instituti xorijiy Sharq bo'limi mudiri, harbiy xizmatdan zaxiraga chiqqach, 1952-71 yillarda shu institutda xorijiy Sharq yangi va eng yangi tarixi bo'limi mudiri va ilmiy ishlar bo'yicha institut direktor o'rinbosari. Ilmiy faoliyati Afg'oniston tarixi, etnografiyasi va iqtisodiyoti, shuningdek, xorijiy Sharq mamlakatlarida siyosiy-iqtisodiy ahvol, mustamlakachilikka qarshi kurash va boshqalarga oid. 
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan