SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Italyan fizigi Fermi Enriko tavallud topgan kun
1901-09-29

Italyan fizigi Fermi Enriko
Fermi Enriko (1901.29.9, Rim 1954.28.11, Chikago) – ital’yan fizigi. Milliy akademiya a'zosi (1935). Piza universitetini tugatgan (1922). Gyottingen, Leyden, Rim, Florentiy universitetlarida ishlagan. Rim universiteti professori (1926-38) AQShga ko'chib o'tgan (1938), Kolumbiya universiteti professori (1939-42), Chikago universiteti professori (1942-45). Los-Alamos laboratoriya bo'lim boshlig'i ((1944-45), Chikago yadro tadqiqotlari institutida professor (1946 yillardan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, statistik mexanika, kosmik nurlar, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va texnik fizikaga oid. Fermi yadro fizikasi, neytron fizikasi, kvant statistikasi, metallar fizikasi va boshqa yaratuvchilaridan biri; yadro energiyasini o'zlashtirish amerika dasturi ishtirokchisi, Italiya va AQShda ilmiy maktab yaratgan. Nazariy va eksperimental fizikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Pauli prinsipiga bo'ysunuvchi zarralar statistikasini ishlab chiqgan (1925, qarang Fermi-Dirak statistikasi), B - yemirilishining miqdoriy teoremasini yaratgan (1934), neytronlar tufayli sun'iy radioaktivlikni va moddada neytronlarning sekinlashish hodisasini kashf etgan (1934). Nobel’ mukofoti laureati (1938). 
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan