SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Amerika Qo'shma Shtatlari kosmonavt uchuvchisi Alan Shepard tavallud topgan kun
1923-11-18

Alan Shepard 1923 yil 18 noyabrda Nyu-Xempshir shtati Ist-Derri shahrida tug'ilgan. Amerika Qo'shma Shtatlari kosmonavt – uchuvchisi, Harbiy-Dengiz floti (h-DF) kontr-admirali. Dengiz akademiyasini tugatgach (1944), Amerika Qo'shma Shtatlarning Tinch okeanidagi harbiy operatsiyalarida qatnashgan. 1950-1953 va 1955-57 yillarda H-DF maktabida sinovchi-uchuvchi. Harbiy-Dengiz kollejini tugatgan (1955) 1959 yildan Amerika Qo'shma Shtatlarning Eronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi kosmonavtlari gruppasida, 1961yil 5 mayda Amerika Qo'shma Shtatlarida birinchi marta (“Merkuriy” 9MR-3) kosmik kemasida 15 minutlik sub orbital parvoz qilgan. 1971 yil 1-10 fevralda “Appolon-14” kosmik kemasining komandiri sifatida (E.Mitchell va S. Rusa bilan birga) Oyga parvoz qilgan. Shepard hammasi bo'lib kosmosda 216 soat 17 minut bo'lgan. Birinchi Amerika Qo'shma Shtatlar kosmonavtning tug'ilib o'sgan shahri Shepard nomi bilan atalib, “Speystaun” (Kosmik shahar) deyiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan