SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
O'zbek shoiri O'tkir Rashid tavallud topgan kun
1917-11-20

O'tkir Rashid ( taxallusi; asl ismi Rashidov Mahmud) 1917 yil 20 noyabrda Qo'qonda tug'ilgan. O'zbek shoiri, pedagog. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1975). Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1939). 1939-48 yillarda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy xodim, Andijon uyg'ur teatri direktori, maktab direktori. 1948 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti dosenti. Dastlab “Yoshlik” (1937), “She'rlar” (1939) to'plamlari nashr qilingan. Ulug' vatan urushi yillarida yaratgan “Jang va qo'shiq” she'riy to'plami (1943), “Mehnat tantanasi” (1948), “Yillar va odamlar” (1951) ocherk va hikoyalar to'plamlarida o'zbek xalqining nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi va fidokorona mehnati aks etgan. “Umr qo'shiqlari” (1961), “Qo'shiqlar guldastasi” (1966), “Gulshan diyorim” (1970), “Yillar qo'shig'i” (1977) she'r va qo'shiqlar to'plamlarida zamondoshlarimizning baxtiyor hayoti, mardonavor mehnati tarannum etilgan. Bolalarga bag'ishlangan “O'rtoqlar” (1948), “Ikki o'rtoq” (1956), “Ravshanjon va ayiqcha” (1967), “Katta bo'lsam” (1975) she'r va ertak to'plamlari, “Akam bo'lasiz” hajviy she'rlar va “Esim qursin” miniatyuralar (1973) to'plami muallifi. “Katta hayot”, “Qudalar”, “Qudrat”, “Farzand deb...” kabi sahna asarlari, ko'plab ilmiy-tanqidiy maqolalar yozgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan