SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Fransuz yozuvchisi Volter tavallud topgan kun
1694-11-21

Volter ( Mari Fransua Arue) 1694 yil 21 noyabrda Parijda tug'ilgan. Fransuz yozuvchisi, filosofi, tarixchisi. Fransiya Fanlar Akademiyasi a'zosi (1746). Notarius oilasida tug'ilgan. Hukmron feodal ideologiyasiga, cherkov fanatizmiga qarshi kurash olib bordi, siyosiy ozodlik g'oyasini xalq ommasini o'rtasida keng yoydi. Erkin fikrlilikda ayblanib ikki marta qamaldi (1717-1725). Angliyaga surgun qilindi (1726). Umrini ko'p qismini muxojirlikda o'tkazdi. Volterning ijtimoiy-siyosiy g'oyalari feodal-krepostnoylik tuzumiga qaratilgan bo'lib, fransuz burjuaziyasi ideologiyasini ifodalaydi. U Fransiya ijtimoiy va davlat tuzumini asta-sekin o'zgartirish g'oyasini olg'a surdi. Qonun oldida barcha grajdanlarning tengligini, so'z erkinligini, soliqlarning barchaga barobar bo'lishini va boshqa tenglikni talab qilsa-da, lekin ijtimoiy tengsizlikni muqarrar hol deb bildi. Uning fikricha konstitutsiyali monarxiya eng oqilona davlat tuzumidir. Volter “Buyuk Pyotr davridagi Rossiya tarixi” (1759-1763) kitobida Pyotrni ideallashtirib, ma'rifatli monarx obrazini yaratdi. J.Lokk, I.Nyuton, G.V.Leybnisning filosofik ta'limotlarini himoya qildi. Subyektiv idealizmga qarshi kurashib, obyektiv borliqni va uni sezgi organlarimizga ta'sir qilishi natijasida sezgi paydo bo'lishini, tajriba bilish manbai ekanligini e'tirof etdi. Moddiy dunyoning mavjudligini, jamiyatning oldinga qarab taraqqiy etib borishini tan olsa-da, ayni vaqtda “uni harakatga keltiruvchi kuch” xudo, deb bildi. Volter dinni qatiq tanqid qilsa-da, xalq ommasini itoatda saqlash uchun din zarur deb bildi. Yirik filosofik asarlari: “Filosofik maktublar” (1733), “Megafizika to'g'risidagi traktat” (1734). “Nyuton filosofiyasining asoslari” (1738), “Filosofiya lug'ati” (1764-1769), “Johil filosof” (1766). Volter lirik she'r, poema, satira, hikoya, povest va dramalarida feodal tuzumni qoraladi, xristianlik va katolik cherkovi ustidan kuldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan