Uzumchilik sohasidagi seleksioner olim Mixail Juravel Semyonovich tavallud topgan kun
1904-11-21

Mixail Juravel Semyonovich 1904 yil 21-noyabrda Cherkassi viloyati Yablonev tumanida tug'ilgan. Uzumchilik sohasidagi seleksioner olim, Maslovo seleksiya va urug'chilik institutini tugatgan (1930). Moldaviya Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1979), 1935-1960 yillarda N.I.Vavilovning rahbarligida Butunittifoq o'simlikshunoslik institutining O'rta osiyo filialida ishladi. A.M.Negrul bilan hamkorlikda hosildorligi yuqori 16 yangi uzum navini yaratdi. O'zbekistonda va qo'shni davlatlarda ulardan 7 navi ekiladi. (Go'zal qora, Jo'rauzum, Tarnov, O'zbekiston muskati, Muskat charos, Pobeda va boshqalar). 1960-1970 yillarda Moldova uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish institutida seleksiya bo'lim mudiri. Tokchilikka bag'ishlangan bir qancha darsliklar, qo'llanmalar muallifi. Yangi uzum navlarini chiqarishga erishgan yutuqlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan.(1948). (O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 3tom)
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Sultonmurod Olim kitob haqida 10 savol Shahnoza Yahyoeva. Istiqlolim iqbolim Olimova Charosxon Baxrom qizi YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan?